2016 yilda O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi o‘z o‘rnini o‘zgartiradi. Ma'lumotlarga ko‘ra, u bu yil Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga emas, balki «Anhor-Lokomotiv» ko‘ngilochar bog‘i oldidagi maydonga o‘rnatiladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi ma'lum qilmoqda.
Shu munosabat bilan «Anhor-Lokomotiv» bog‘i oldida Yangi yil archasini o‘rnatish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.








