10:27 / 12.12.2016
4994

Donald Tramp razvedka brifinglari kuniga o‘tkazilishidan nolidi

Foto: AFP

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp razvedka xizmatlarining kunlik axborotlaridan nolidi. Uning aytishicha, u kuniga bir xil takrorlanadigan ma'lumotlarni eshitmaslikka kifoya qiladigan darajada aqllidir. 

"Men, bilasizmi, aqlli insonman. Menga har kuni bir xil narsani bir xil so‘zlar bilan aytish shart emas", — degan Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida. 

"Menga ayni narsani har kuni ertalab, bir xil so‘zlar bilan so‘zlab berish kerak emas", — deb takrorlagan Tramp. 

"Janob, hech narsa o‘zgarmadi. Keling, bunisini ham ko‘rib chiqamiz", — deya razvedka vakillarini o‘xshatishga uringan Amerikaning saylangan prezidenti.

AQSh OAV Donald Trampni razvedka vakillari bilan haftasiga bir marotaba uchrashayotgani uchun tanqid qilgan edi. Undan oldingi davlat rahbarlari bu kabi axborotlarni ko‘proq olishgan. Amaldagi prezident Barak Obama razvedka vakillarini har kuni ertalab, ba'zi vaqtlarda dam olish kunlari ham qabul qiladi. 

 

Top