10:12 / 12.12.2016
12088

Futbol uchrashuvi vaqtidagi teraktlar: Parij, Istanbul va boshqa fojialar

Kuni kecha futbol stadioni yonida yana bir portlash ro‘y berdi – bu safar Istanbulda. Quyida shunday fojiali holatlarning bir nechtasini keltirib o‘tamiz.

Ukraina

Skrinshot: Youtube/Unamericanable

«Shaxtyor» – «Tavriya»
1995 yil 20 oktabr

Ukrainada 1995 yili «Shaxtyor» — «Tavriya» uchrashuvi vaqtida mehmonlar kirishiga mo‘ljallangan o‘tish yo‘lagida portlash ro‘y bergan. Buning oqibatida olti nafar mahalliy jinoiy guruh a'zolari halok bo‘ldi. Aniqlanishicha, terakt mahalliy mafiyaning o‘zaro kurashi natijasida uyushtirilgan bo‘lib, u aniq shaxslarga qarshi qaratilgan bo‘lgan. Portlovchi modda qoldiqlari tonnelning havo alishtirish lyukida topildi. Tomoshabinlar va futbolchilardan hech kim jabrlanmagan.

Iroq

Foto: Vesti.ru

O‘rtoqlik uchrashuvi
2013 yil 30 iyun

Iroqdagi notinch vaziyat 2013 yilning yozida stadionlarga ham o‘z ta'sirini o‘tkazdi. Ikki o‘yingohda turli kunlar davomida ikkita portlash ro‘y bergan. Birinchisida yetti inson jarohat olgan bo‘lsa, ikkinchi terakt futbol maktablarining bolalar jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida ro‘y berdi. Buning oqibatida 20 dan ziyod o‘smir qurbon bo‘lgan.

Nigeriya

Foto: Getty Images

«Mubi» — «Olimpik»
2014 yil 1 iyun

“Boko Xaram” radikal guruhi o‘tgan yilning yozida Nigeriyaga teraktlar bilan ochiqdan-ochiq tahdid qilgan. Shu munosabat bilan mamlakatda favqulodda vaziyat rejimi kiritildi. Biroq xavfsizlik choralari «Mubi» mahalliy klubining o‘yinchi va tomoshabinlarini asrab qola olmadi. Mamlakat chempionati uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan portlash oqibatida 40 dan ortiq kishi halok bo‘ldi.

Xitoy

Foto: NYDailynews.com

«Sepaxon» — «Al-Ahli»
2012 yil 21 sentabr

Futbol bo‘yicha Osiyo chempionlar ligasining «Sepaxon» va «Al-Ahli» klublari o‘rtasidagi uchrashuvida muxlislar maydonga turli buyumlarni tashlay boshlashdi. Buning natijasida hakam o‘yinni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Rasman mezbon bo‘lib turgan jamoa a'zolaridan biri buyumlardan birini olib, burchak to‘pi tepiladigan tomonga qarata otgan – bir soniyadan keyin portlash sodir bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu granata bo‘lgan. Voqea sabab hech kim jabrlanmadi va uchrashuv davom ettirildi.

Pokiston

Foto: AFP

O‘rtoqlik uchrashuvi
2013 yilning 7 avgust

Karachida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘z yakuniga yetgach, stadion yonida qoldirilgan mototsiklga o‘rnatilgan bomba portlatildi. Buning oqibatida 11 kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq inson jarohatlandi. Politsiyaning xabar berishicha, jinoyatchilar Sind viloyati hukumati vazirlaridan biri - Javed Nagorini o‘ldirishmoqchi bo‘lgan. 

Ruminiya

Foto: Getty Image

«Brashov» — «Rimniku»
2015 yilning 5 noyabr

Ruminiya chempionatining «Brashov» va «Rimniku» klublari o‘rtasidagi ikkinchi divizion bellashuvi vaqtida stadion yonida portlash sodir bo‘ldi. U non ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi zavodda ro‘y bergan. Hakam xavfsizlik maqsadida uchrashuvni to‘xtatdi, tomoshabinlar esa xavfsiz joyga ko‘chirildi. Brashov hokimining bayonotiga ko‘ra, portlash unning yig‘ilib qolgani va zavoddagi havo alishtirish tizimidagi muammolar sabab yuz bergan bo‘lishi mumkin. Voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lib, ikki nafar inson kasalxonaga olib ketilgan.

Fransiya

Foto: Mirror.co.uk

Fransiya — Germaniya
2015 yil 13 noyabr

Fransiya va Germaniya terma jamoalarining «Stad de Frans»dagi o‘rtoqlik uchrashuvi paytida sodir bo‘lgan portlashni ko‘pchilik yaxshi eslaydi. U hattoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya vaqtida ham eshitilgan. Stadionga kirish joyida ro‘y bergan portlash sabab uch kishi halok bo‘ldi. Voqea butun Parij bo‘ylab fojiali voqealarning debochasiga aylandi. 

Iroq

Foto: Reuters

2016 yil 25 mart

Iroqda 25 martda kuni xudkush-terrorchi o‘zini stadionda portlatib yubordi. Voqea oqibatida 29 kishi halok bo‘lib, 60 nafarga yaqin inson jarohat olgan. Terakt Bag‘doddan 50 kilometr narida joylashgan Iskandariyada ro‘y berdi.

Turkiya

Foto: Reuters

«Beshiktosh» — «Bursaspor»
2016 yil 11 dekabr

Turkiya chempionatining «Beshiktosh»-«Bursaspor» uchrashuvi (2:1) yakunlangach, Istanbulda bir necha soat vaqt o‘tib portlovchi uskunalar bilan to‘ldirilgan mashina portlagan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u politsiyachilar bo‘lgan avtobusga qarshi qaratilgan bo‘lgan. Jarohat olganlar orasida muxlislar ham bo‘lgani xabar qilindi.

Mavzuga oid
Top