20:49 / 12.12.2016
9271

Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari ustidan sud jarayoni boshlandi

Bugun Parijda Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard sud qilinmoqda. U Fransiya Respublikasi sudi zaliga kelgan. Sudda uning hukumatga qarshi harakatlari bo‘yicha ish ko‘rib chiqiladi

O‘tgan yilning dekabrida Kristin Lagardga tadbirkor Bernar Tapiga 400 million yevro tovon puli to‘lash bilan bog‘liq ish yuzasidan ayblov qo‘yilgandi.

Lagard Fransua Fiyon hukumati tarkibida Fransiya moliya vaziri lavozimini egallab turgan paytda investor va siyosatchi Bernar Tapiga Adidas kompaniyasidagi ulushi uchun tovon puli to‘langanlik bilan bog‘liq beparvolikda gumon qilingan. Fransiya sudi XVJ rahbariga nisbatan rasmiy tergov ishini 2014 yilning avgustida boshlagan edi.

U o‘ziga qo‘yilgan «jinoiy e'tiborsizlik» ayblovini tan olmagandi.

«Komissiya uch yillik qidiruv-surishtiruv ishlari, o‘nlab soat davom etgan tergovdan so‘ng, hech bir qonunbuzarlikka daxldor emasligimni aniqlab, meni er-xotin Tapilar kompaniyasi yopilishida yetarli darajada e'tiborli bo‘lmagan, degan qarorga keldi», — degandi u.

Agar 60 yoshli Lagard aybdor deb topilsa, unga qamoq jazosi va 15 ming yevrogacha jarima xavf soladi.

Mavzuga oid
Top