10:25 / 12.12.2016
4100

Qirg‘izistondagi referendumda qatnashganlarning 79,59 foizi Konstitutsiyaga o‘zgartirishni yoqlab ovoz berdi

Foto: TASS

Qirg‘izistonda 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etganlarning deyarli 80 foizi Konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritishni ma'qullab ovoz bergan. Bu haqda Qirg‘iziston Markaziy Saylov komissiyasi ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar qildi.

"Ayni vaqtda barcha saylov uchastkalarida byulletenlar hisoblab bo‘lindi", degan manba.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, umumxalq referendumida saylash huquqiga ega bo‘lgan qirg‘izistonliklarning (2,85 mln) 42,07 foizi ovoz bergan.

"Referendumda ishtirok etganlarning 79,59 foizi taklifni yoqladi, 15,4 foiz kishi qarshi chiqdi", deyilgan MSK xabarida.

Referendumning yakuniy natijalari bir necha kundan keyin e'lon qilinadi.

Taklif etilayotgan o‘zgartishlarga ko‘ra, prezidentning vakolatlari kamaytiriladi, parlament va bosh vazirning vakolatlari esa, aksincha, kengaytiriladi. Shuningdek, sud va huquq-tartibot tizimlari isloh etiladi.

O‘zgarishlar 2017 yil dekabridan boshlab kuchga kirishi ko‘zda tutilgan. 

Top