21:38 / 12.12.2016
5272

Meril Strip nomzodi o‘ttizinchi bor «Oltin globus» taqdimotiga qo‘yildi

Foto: REUTERS

Amerikalik aktrisa Meril Strip nomzodi o‘ttizinchi bor «Oltin globus» taqdimotiga qo‘yildi. Bu haqda Just Jared nashri xabar bermoqda. Aktrisa bu mavsumda «Florens Foster Jyenkins» filmi uchun mukofot olishi mumkin.

Aktrisa shu paytga qadar «Oltin globus» mukofotini sakkiz marta qo‘lga kiritgan. Unga g‘oliblikni «Kramer Kramerga qarshi» (1979), «Frantsuz leytenantining ayoli» (1981), «Sofining tanlovi» (1982), «Adaptatsiya» (2002), «Farishtalar Amerikada» (2003), «Iblis Prada’da yuradi» (2006), «Juli va Juliya: retsept bo‘yicha baxt tayyorlaymiz» (2009) va «Temir xonim» (2011) kinokartinalari olib kelgan.

 

Top