22:15 / 12.12.2016
11907

Tramp bitta tviti bilan AQSh kompaniyalaridan birining narxini tushirib yubordi

Foto: © AFP

Donald Tramp F-35 qiruvchi samolyotini qurish dasturi qiymatini oshirilgan deb atagan zahoti, Lockheed Martin kompaniyasi 3,5 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.

“F-35 dasturi va unga qaratilgan xarajat nazoratdan chiqib ketdi. 20 yanvardan so‘ng, milliardlab dollar harbiy (va boshqa) oldi-sotdilarda tejab qolinadi”, — deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Nashrning ma'lum qilishicha, u mana shu tvitni e'lon qilganidan ikki soat o‘tib, Lockheed Martin kompaniyasining qiymati 3,5 milliard dollarga tushib ketgan.

Top