18:51 / 12.12.2016
6529

Turkiya hukumati terakt sodir etilgan joy nomini o‘zgartirdi

Foto: Reuters

Turkiya hukumati 44 kishining hayotiga zomin bo‘lgan terakt sodir etilgan joyni qayta nomladi. Bu haqida Anadolu agentligi xabar berdi

Ma'lumki, 10 dekabr kuni Turkiya markazidagi mashhur "Beshiktosh" klubining futbol stadioni yonida ikki kuchli portlash ro‘y berdi. Turkiya bosh vazir o‘rinbosari No‘'mon Kurtulmush turk hukumati bu teraktlarni Kurdiston Ishchilar Partiyasi (KIP) amalga oshirganini taxmin qilayotganini ma'lum qildi. Keyinchalik "Kurdiston ozodligi lochinlari" radikal guruhi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, avval Beleshtepe nomi bilan yuritilgan tepalik endilikda "Shahidlar tepaligi" nomini oldi. Beshiktosh tuman ma'muriyati terakt sodir etilgan joyda haykal o‘rnatishni rejalashtirmoqda. 

Bu joyning avvalgi nomini "Bepul tepalik" deb tarjima qilish mumkin: bunday nom berilishiga sabab tepalikdan stadionda nimalar bo‘layotganini ko‘rish mumkin, futbol o‘yinlariga chipta ololmagan muxlislar o‘yinni shu yerdan kuzatish imkoniga ega bo‘lishgan. 

Top