08:22 / 12.12.2016
4819

ZTE ilk XGS-PON terminalini taqdim etdi

Foto: ZTE

Telekommunikatsiya sanoati uchun mobil Internet sohasidagi texnologik yechimlarni yetkazib beruvchi yirik shirkat  hisoblangan ZTE Corporation Broadband World Forum 2016 xalqaro ajumanida dunyoda birinchi   XGS-PON terminali - ZXHN F2866S ni mutaxassislar va keng omma e'tiboriga havola etdi.  

Terminal 10 gigabit tezlikka ega simmetrik passiv optik tarmoqlar  (XGS-PON), 802.11ac Wave2, 10G Ethernet va katta video asridagi USB 3.0. , ZXHN F2866S kabi texnologiyalarni birlashtirib,   10 Gb/s (uplink i downlink) tezlikda ishlaydi. Multi-mediya vositalari va internetdan uy sharoitlarida  foydalanuvchilarni tezkor keng yo‘lkali internetga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida moslama 10Gbps Ethernet orqali korporativ kommutatorlarga ulanish imkonini beradi va  Fibre to the office (Ofisga tola, FTTO) ssenariylarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi.

Uy foydalanuvchilarining videoxizmatlarga bo‘lgan talabining misli ko‘rilmagan darajada ortgani bois XGS-PON terminallar va ultra- keng trafik  kompaniya tomonidan olib borilayotgan tadqiqot va ishlanmalarning asosiy yo‘nalishlaridan biriga  aylandi.   

Terminal fizik tezligi 2,2 Gbitgacha bo‘lgan t 3 × 3 11n@2.4GHz~~dobj va 4 × 4 11ac @ 5GGts DBDC Wi-Fi texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa foydalanuvchilarga ko‘p kanalli  HD video oqimlaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini beradi. Bu yo‘nalishdagi faoliyatda to‘plangan katta tajriba xizmatlarning yuqori sifatini ta'minlamoqda.  

Bundan tashqari, nur shakllantirish jarayonini qo‘llab-quvvatlash   (beam-forming) ma'lumot uzatish samaradorligini ancha oshiradi va  Wi-Fi bilan qoplash masofasi va sifatini yanada yaxshilaydi. 
Terminalda qo‘llangan texnologiyalar simsiz tarmoqlardan foydalanish samadorligini kamida 30% ga oshiradi, chunki ma'lumotlar bir vaqtning o‘zida foydalanuvchilarning to‘rtta guruhiga uzatilishi mumkin.   

USB 3.0 interfeys qurilmalarni qabul qiluvchi terminal saqlash moslamalarga ulanganda fayl almashinish imkoniyatini beradi, zaxira uchun nusxa ko‘chirish va internet aloqasidan birgalikda foydalanish uchun  LTE donglarga ulanishni ta'minlaydi.  

ZTE mutaxassislarining ta'kidlashicha, kompaniya  10G PON yechimlaridan tijoriy maqsadlarda foydalanish g‘oyasini ilgari surish niyatida.   Fibre to the x (FTTx) sohasidagi yetakchi sifatida,  ZTE shirkati 2013 yili, ya'ni boshqa vendorlarga nibatan bir yil avval  ilk bor ASIC bazasidagi 8-portli XG-PON1ni ishga tushirdi. Kompaniya mazkur   texnologiyani   Orange Spain, China Mobile i Telkom Indonesia kabi operatorlarning tijoriy tarmoqlarida amaliyotga joriy etdi. 

Ovum kompaniyasi tomonidan tuzilgan  «Market Share Report: 2Q16 FTTx, DSL, and CMTS» hibotida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, simli tarmoqlar uchun asbob-uskunalar va yechimlar sohasida  2016 yilning uchinchi choragi natijalariga ko‘ra ZTE keyingi avlod passiv optik tolali tarmoqlar (PON) uchun asbob-uskunalar yetkazib berish hajmlari, shuningdek  fiksatsiyalangan tarmoqlar va  DSL  bozoridagi ulushining o‘sish sur'atlari bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni, optik tarmoqlarning global bozoridagi ulushi bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni egalladi.  

Terminal ZXHN F2866S nafaqat foydalanuvchilar uchun yuqori tezlikdagi internet, balki  XGS-PON yechimining tijoriy maqsadlarda joriy etish jarayonini tezlashtiradi.  

ZTE — telekommunikatsion asbob-uskunalar va mobil telefonlarining jahonda yetakchi ishlab chiqaruvchisidir.  ZTE kompaniyasi simli va simsiz aloqa, mobil va fiksatsiyalangan terminallar bozorining deyarli har bir sohasini turli-tuman sifatli mahsulotlar bilan ta'minlaydi.  Bugungi kunda dunyoning bir qator mamlakatlarida  ZTEning ko‘plab vakolatxona va tadqiqot markazlari faoliyat yuritmoqda, ularda o‘n minglab insonlar mehnat qilyaptilar.  

O‘zining M-ICT strategiyasi doirasida kompaniya telekommunikatsiya va axborot texnologiya sohalarining yaqinlashuvi davrida  mijozlarga ishning yuqori samarasini ta'minlovchi integratsiyalangan innovatsiyalarni taklif etish ustida tinimsiz ishlamoqda.   

Kompaniya  160 ta mamlakat va mintaqaga asbob-uskunalar va xizmatlarni yetkazib beradi va Osiyo-Tinch okeani, Janubiy Osiyo, Shimoliy Amerika, Yevropa, Lotin Amerikasi, Afrika va MDHdagi 500 dan ortiq aloqa operatorlariga xizmat ko‘rsatadi.        

ZTE shirkati iqtisodiyotning turli tarmoqlari uchun  50 dan ortiq  yechimlarni taklif qilyapti. Xitoy kompaniyasi shuningdek iste'molchilar uchun mo‘ljallangan mahsulotlar  – telefonlardan tortib   smartfon va planshetlargacha ishlab chiqaradi. Bu mahsulotlarni O‘zbekiston bozorida bemalol sotib olish mumkin.    ZTE smartfonlarining asosiy dasturiy platformasi – OS Android hisoblanadi.  

ZTE sho‘ba korxonasi O‘zbekiston Respublikasida  10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Bu davr mobaynida bizning kompaniya O‘zbekistonda telekommunikatsiya sohasi rivojiga ulkan hissa qo‘shib,  ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini, mahalliy aholi uchun ish joylarini taqdim etib, insonlarning kommunikatsiya texnologiyalari haqidagi bilimlarini oshirib kelmoqda.  

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top