AQSh hukumati Palmira IShID qo‘liga o‘tgani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamadi

Foto: AP
AQSh Davlat departamenti Suriyadagi Palmira shahri IShID tomonidan qaytarib olingani haqidagi ma'lumotni tasdiqlamayapti. Bu haqda brifing vaqtida AQSh hukumatining tashqi siyosat bo‘yicha matbuot kotibi Jon Kirbi ma'lum qilgan.
"Nashrlarda shunday xabarlarga ko‘zim tushdi. Lekin men bu ma'lumotni tasdiqlamayman", degan u.
U "IShID shaharga hujum qilishda davom etayotgani, ammo bu hujum yakunlanmaganini" aytib o‘tgan.
"Men bilmayman", deya tan olgan Kirbi.
11 dekabr kuni Suriya hukumati Palmira jangarilar qo‘liga o‘tganini tan olgandi.
Shu bilan birga u Moskvadagilarning ayblovini inkor qilgan. Rasmiy Moskva koalitsiya kuchlarini Rossiya bilan muvofiqlikda harakat qilmayotganlikda va Palmira mudofaasini susaytirishda ayblagandi.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va boshqa xorijiy kuchlarning "Raqqani ozod etish"ga qaratilgan amaliyoti davom etmoqda.
"Biz bor e'tiborni Raqqaga qaratish maqsadida, "Suriya demokratik kuchlari"ni (arab va kurdlarning birlashgan harbiy bo‘linmasi) qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatganimiz shuncha xato gap", degan u.
Shu bilan birga u Mo‘sul qamalidan keyin hududni tashlab ketgan jangarilar "boshqa bir joyga ketgani" haqida gapirgan.
Kirbidagi ma'lumotlarga ko‘ra, aholi punktlaridan ketgan jangarilar boshqa hududlarda jang olib bormoqda.
"Men bunday ehtimolni istisno etmayman", deya javob qaytargan Kirbi undan Palmiraga hujum qilgan jangarilar Mo‘suldan chiqib kelgan kuchlar bo‘lishi mumkinligi haqida so‘rashganida.
U AQSh IShIDga bosim o‘tkazishni susaytirmagani haqida ta'kidlagan.
"Agar jangarilar Palmirani egallagan taqdirda ham, bu ularning 2015 yilning mayidan beri ilk muvaffaqiyati bo‘ladi", deya so‘zlarini yakunlagan Kirbi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi

09:27 / 09.12.2024
AQSh Suriyada IShIDning 75 tadan ortiq obektiga zarba berdi

12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan

15:11 / 05.10.2024