10:55 / 13.12.2016
6567

Argentinalik oila o‘z itini klonlashtirdi

Foto: EPA

Iti o‘lib qolgan argentinalik oila o‘z jonivorlarining genidan nusxa olib qolish maqsadida klonlashtirish texnologiyasidan foydalandi. Bu haqda El Comercio portali xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, jarayon narxi 60-100 ming dollar atrofida baholangan. Entoni laqabli it qarilikdan 17 yoshida o‘lgan. Mutaxassislar itning terisidan namuna olishgan, Buenos-Ayresda to‘qimalar ko‘paytirilgan, shundan so‘ng Janubiy Koreyadagi maxsus laboratoriyada ular orasidan klonlashtirish uchun mos keladigani tanlab olingan.

Klonlashtirish jarayoni tugagach, 13 iyul kuni kuchuk bolasi dunyoga kelgan. Jarayonning muvaffaqiyati haqida esa 12 dekabr kuni ma'lum qilingan.

Mavzuga oid
Top