10:15 / 13.12.2016
6262

Dubaydagi turar-joy majmuasida kuchli yong‘in chiqdi

Foto: 7days.ae

Dubayning Palm Jumeira orolida joylashgan Oceana turar-joy majmuasida yashovchilar seshanbaga o‘tar kechasi yuz bergan yong‘in sabab evakuatsiya qilingan. Olovni shahar fuqaro mudofaasi xizmati xodimlari o‘chirishga urinishgan. Bu haqda Dubay hukumatining Twitter’dagi sahifasida ma'lum qilingan.

“Dubayning fuqarolik xizmati Palm’dagi binoda yuz bergan yong‘in bilan ko‘rashmoqda va har bir kishining xavfsizligini ta'minlashga harakat qilmoqda. Binodan odamlar muvaffaqiyatli ko‘chirildi, jabrlanganlar yo‘q”, — deyiladi ma'lumotda.
Yong‘inlar baland imoratlari bilan mashhur BAAda, asosan mamlakatning iqtisodiy poytaxti Dubayda tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Mavzuga oid
Top