Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda Yevro-5 benzini sotuvga chiqdi
Foto: kolesa.kz
Qozog‘istonning Yevro-5 navli benzini G‘arbiy-Qozog‘iston viloyatida sotuvga chiqdi. Bu haqda "Qozog‘iston taraqqiyot banki" AJ saytida xabar qilinmoqda.
"Kondensat" AJ ekologik tasnifdagi avtomobil yoqilg‘isining tijoriy ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ygan. 12 dekabr kuni Aqsay shahrida ilk benzin tashuvchi mashinani kompaniya zapravkasiga yuborish marosimi bo‘lib o‘tgan.
"Yiliga 200 ming tonnadan ortiq benzin ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodni barpo etishga 26 milliard tengedan (77 mln AQSh dollariga yaqin) ortiq mablag‘ sarflangan bo‘lib, Qozog‘istonning g‘arbiy mintaqalarida yuqori oktanli benzinga bo‘lgan talabni ta'minlash imkonini beradi. Shu bilan birga, neftni qayta ishlash jarayonida olinadigan boshqa mahsulotlar, xususan gazoyl va gudronni eksport qilish mumkin", - deyiladi xabarda.
"Kondensat" AJ 2017 yilda 487 301 tonna neft mahsuloti ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Yuqori oktanli Yevro-5 navli benzin ishlab chiqarishning loyihaviy quvvati 200 ming tonnani tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:14 / 04.12.2025
AYoQShda neft mahsulotlari sifati ustidan nazorat kuchaytirildi
17:20 / 22.11.2025
Prezident Toshkent havosini yaxshilash choralarini tasdiqladi
23:30 / 07.11.2025
Saudiya Arabistoni Hindiston va Xitoy uchun neftga chegirmalar e’lon qildi
16:18 / 15.10.2025