«Krasnodar»: Ahmedov Pekinda. U bugun yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Foto: Krasnodar klubi matbuot xizmati
«Krasnodar»ning o‘zbekistonlik legioneri Odil Ahmedov 13 dekabr kuni tongida Xitoy poytaxti Pekinga kelgan. Bu ma'lumot rossiyaliklar klubi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.
U va uning agenti yangi jamoasi vakillari bilan uchrashgan.
«Sportfak» manbasi xabariga ko‘ra, ushbu futbolchi 29 yoshida faoliyatini «Shandun Lunen» jamoasida davom ettirishga rozi bo‘lgan. U bugun shu jamoa bazasida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
Tibbiy ko‘rikdan keyin u yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Shartnoma bandlari hozircha ma'lum emas.
Bundan oldinroq, «Krasnodar» tovon puli 8 mln yevro bo‘lgan bu futbolchisini 6-7 mln yevroga sotishga roziligi haqida xabarlar berilgandi.
Ahmedov joriy mavsumda krasnodarliklar jamoasi bilan Rossiya chempionatida 15 uchrashuvda maydonga tushgan va aksarida o‘yinni oxirigacha davom ettirmagan.
«Shandun Lunen» o‘tgan mavsumda Xitoy chempionatida 16 jamoa ichida 14-o‘rinni egallagan.
Bu jamoada hozirda germaniyalik taniqli mutaxassis Feliks Magat bosh murabbiy hisoblanadi.
Ayni vaqtda yulduzli «Shandun Lunen» tarkibida 5 nafar xorijlik futbolchi bor – Grasiano Pelle, Papiss Sisse, Valter Montilo, Jil va Jusiley.
Mavzuga oid

11:56 / 20.12.2021
«Endi mening birinchi muxlisim yo‘q». Odil Ahmedov faoliyatini yakunlagani sababi va endi nima ish qilishini aytdi

23:05 / 18.12.2021
«Odil – Birodar Abduraimov, Mirjalol Qosimov kabi o‘zbek futboli tarixidan joy oldi». Abdusalom Azizov Ahmedovga «oltin butsa» topshirdi

19:24 / 18.12.2021
«Paxtakor» 25-raqamli libosini Odil Ahmedovga abadiy topshirdi

19:01 / 18.12.2021