16:41 / 13.12.2016
11760

Merkel va Olland Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishdi

Foto: AP

Germaniya kansleri Angela Merkel Ukrainadagi vaziyat tufayli Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirishga to‘g‘ri kelishini ma'lum qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi

"Minsk jarayoni og‘ir kechmoqda", - dedi Merkel jurnalistlarga.

Fransiya prezidenti Fransua Olland ham Merkelning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi. 

"Ukrainada Minsk kelishuvlari bajarilishi kerak... Taraqqiyot bo‘lmas ekan, men ham, kansler kabi sanksiyalarni uzaytirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman", - deya ma'lum qildi fransuz yetakchisi.

Top