11:58 / 13.12.2016
4213

Nyu-Yorkda Lufthansa samolyoti portlash xavfi tufayli favqulodda qo‘ndi

Foto: AP

Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti Nyu-Yorkdagi xalqaro aeroportga favqulodda qo‘ndi, deb xabar beradi ABC.

Xyustondan Frankfurtga yo‘l olgan 441 reys Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomli xalqaro aeroportga jo‘natilgan. Bu holat “telefon orqali portlash haqida po‘pisa qilingach” ro‘y berdi.

Samolyot aeroportning eng chekka qismiga jo‘natildi. U yerda barcha yo‘lovchilar laynerni tark etishgan.

Ayni damda samolyot mutaxassislar tomonidan ko‘zdan kechirilmoqda.

Mavzuga oid
Top