Tayvanlik kelinga otasi 6 kilometrli fata sovg‘a qildi

Tayvandagi mehmonxona biznesi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy kompaniyalardan birida direktorlar kengashini boshqaruvchi xitoylik ishbilarmon Chjen Yuetsay o‘z qiziga ajoyib to‘y sovg‘asi - 6 kilometrdan iborat fata taqdim etdi. "Nanfan dushibao" gazetasining xabar berishicha, kelinning ketidan bunday uzun fatani ushlab yurish uchun 560 kishini jalb qilishga to‘g‘ri kelgan.
Hozirda ushbu olti kilometrli mato bo‘lagi Ginnesning rekordlar kitobiga tushish yo tushmasligi aniqlashtirilmoqda. Kelinning otasi fikricha, 1 million yuanga (taxminan 145 ming dollar) xarid qilingan fataning rekordlar kitobiga tushish imkoni mavjud.
"Uning ustida eng yaxshi dizaynerlar ishlagani va uch oy davomida qo‘lda tikilgani bejiz emas, axir", - deydi ishbilarmon.
U qizining turmushi shu fatadek uzun bo‘lishini tilagan holda ana shunday fataga buyurtma berganligi ta'kidlangan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston | 11:45
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
-
Niderlandiyada Ikkinchi jahon urushi davrida qurbon bo‘lgan o‘zbeklar xotirasiga bag‘ishlangan muzey ochildi
O‘zbekiston | 11:05