Tramp AQShning yangi Davlat kotibi nomini e'lon qildi

Foto: AFP
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp AQSh Davlat kotibi lavozimiga mamlakatdagi eng yirik neft kompaniyasi bo‘lgan ExxonMobil rahbari Reks Tillersonni tanladi. CNBC telekanali shu haqida xabar berdi.
Trampning inaguratsiyasi 2017 yilning 20 yanvarida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng u kongressga o‘z hukumatidagi vazirlar lavozimlariga nomzodlarni rasman taqdim etadi.

Reks Tillerson 64 yoshda. U Ostindagi Texas Universitetini tugallagan. Tillerson taxminan 40 yildan beri ExxonMobil'da xizmat qiladi. U o‘z faoliyatini oddiy muhandislikdan boshlagan. 1990-yillarda u kompaniyaning Rossiyadagi loyihalarini boshqargan.
Tillerson ExxonMobil'ni 2006 yildan buyon boshqarib keladi. 2011 yilda u "Rosneft" bilan Arktikada burg‘ulashga doir shartnomani imzolagan. 2014 yilda Barak Obama ma'muriyati tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar tufayli ExxonMobil loyihadagi ishtirokini to‘xtatishiga to‘g‘ri kelgan. Tillerson mazkur sanksiyalarga nisbatan e'tiroz bildirgan.
Mavzuga oid

08:55 / 19.08.2024
Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘ladi

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020