Abdulla Niğmatoviç Oripov Özbekiston davlat arbobi, Respublika Boş vaziri örinbosari, yoşlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan şuğullanadi.
Avval xabar qilganimizdek, Abdulla Oripov nomzodi Özbekistondagi hukmron partiya ÖzLiDeP tomonidan Boş vazirlik lavozimiga ilgari surilgan. Endilikda, Özbekiston Oliy Majlisi Senati uning nomzodini Özbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz vazifasiga kirişganidan söng, Boş vazirlik lavozimi xususida beradigan tavsiyasiga köra tasdiqlaşi kerak.
Abdulla Niğmatoviç Oripov – 1961 yil 24 mayida Özbekistonning Toşkent şahrida dunyoga kelgan. Millati – özbek, ma'lumoti – oliy. U 1983 yilda Toşkent Aloqa elektrotexnika institutini tamomlagan.
1983-1992 yillarda Toşkent telefon-telegraf stansiyasida 1-toifali muhandis sifatida faoliyat yuritgan. 1992-1993 yillarda Özbekiston Respublikasi Aloqa vazirligida boş mutaxassis, 1993-1995 yillarda «Özimpeksaloka» taşqi savdo firmasining direktor örinbosari vazifasida işlagan.
1995 yilda Özbekiston Aloqa vazirligining quriliş va ta'minot bölimi rahbari bölgan. 1995-1996 yillarda «TaşAfinalAL» QKning boş direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Şu yillar mobaynida, Özbekiston Aloqa vazirligi xususiylaştiriş va raqobatni kuçaytiriş bölimini ham boşqargan.
1997 yilda Özbekiston poçta va telekommunikatsiya agentligi bozor islohotlari va qimmatli qoğozlar bölimi rahbari bölgan. 1997-2000 yillarda, Poçta va telekommunikatsiyalarni rivojlantiriş Davlat fondini ham boşqargan.
2000-2001 yillarda Özbekiston poçta va telekommunikatsiya agentligi direktori örinbosari, 2001 yil 15 avgustdan agentlik boş direktori lavozimida işlagan. 2002 yil 30 mayida Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari etib tayinlangan. U aloqa va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari masalalari bilan şuğullangan. Şu bilan birga, Özbekiston aloqa va axborotlaştiriş agentligi boş direktori hisoblangan.
2005 yil 4 fevralida öz lavozimlariga qayta tasdiqlangan. 2009 yil oktabridan boşlab ijtimoiy soha, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş, madaniyat sohalariga doir masalalar bilan ham şuğullangan hamda MDH mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarga javob bergan.
2012 yil avgustidan Boş vazir örinbosari lavozimidan olingan, ammo ayni vaqtda Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar majmuasida rahbarlik qilişda davom etgan.
2016 yil sentabridan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosari sifatida tayinlangan va yoşlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari bilan şuğullaniş işonib topşirilgan.













