Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati kengaytirildi
Sog‘liqni saqlash vazirining 2016 yil 30 noyabrdagi 2842-sonli buyrug‘i bilan retseptsiz beriladigan dori vositalarining yangi ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqida 13 dekabr kuni Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
Ma'lum qilinishicha, bundan avval amalda bo‘lgan, shifokor retseptisiz sotiladigan dori vositalarining ro‘yxati o‘z kuchini yo‘qotgan.
Yangi ro‘yxat 192 (ilgari – 186) nomdagi monopreparatlarni va 1033 (ilgari – 983) nomdagi majmuaviy preparatlarni o‘z ichiga oladi.
Ilgarigidek, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi ta'sir qiluvchi moddalari va dori shakliga hamda dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.
Shuningdek dori vocitalarining o‘ramlari, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari, ilova varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda ro‘yxatga amal qilinishi kerakligi ta'kidlanadi.
Hujjat 2016 yilning 5 dekabridan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
08:08 / 06.06.2026
Tezkor tadbirlarda minglab taqiqlangan dori vositalari aniqlandi
21:11 / 30.05.2026
Farg‘onada 1 mlrd 247 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
14:32 / 22.05.2026
Qibrayda katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari ushlab qolindi
12:09 / 20.05.2026