Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuela hukumati Kolumbiya bilan chegarasini uch kunga yopishga qaror qildi
Foto: Reuters
Venesuela prezident Nikolas Maduro Kolumbiya bilan chegarasini 72 soatga yopish bo‘yicha qaror chiqardi. Bunga valyuta kontrabandasining oldini olish maqsadi sabab bo‘lgan, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi.
Maduroning ta'rif berishicha, «mafiya» deb atalgan kontrabandachilar sotsialistik iqtisodiyot barqarorligini buzishga urinmoqda. Davlat rahbari mamlakatning yetakchi iqtisodiy maslahatchilarini qabul qilgach, shunday qaror qabul qilgan.
Maduro shuningdek, inflyatsiya sur'atlarini pasaytirish maqsadida ham shunday keskin chora ko‘rishga majbur bo‘lgan. Bundan tashqari, 11 dekabr yakshanba kuni, mamlakat hukumati 100 bolivar qiymatidagi pul birligi muomaladan olinishini e'lon qilgan edi. Ta'kidlanishicha, aynan shu valyuta qora bozorda ko‘proq ishlatiladi.
Avvalroq, Venesuela Markaziy banki 6 mlrddan ortiq 100 Venesuela bolivari muomaladan olinganini e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
10:31 / 06.02.2026
Venesuela parlamenti amnistiya to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi
18:27 / 05.02.2026
Lavrov Rossiya kompaniyalari Venesueladan siqib chiqarilayotganini aytdi
10:55 / 04.02.2026
Kolumbiya prezidenti Petro Oq uyda Tramp bilan uchrashdi
09:27 / 02.02.2026