22:52 / 13.12.2016
11958

Video: Qozog‘istonlik imomlar o‘g‘rini ushlab olishdi

Foto: Skrin s video

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida joylashgan masjidlardan birida juda g‘alati voqea yuz berdi. Unda masjid xodimlari o‘g‘rini ushlab olishdi. Voqea tasvirlangan videoni Tengrinews.kz nashri o‘z saytida joylashtirgan.

Kadrda ko‘rinib turibdiki, masjid xodimlari yosh yigitdan o‘g‘irlagan telefonini qayerga yashirganini so‘rashgan. U esa xotirjam holatda gilam ostini ochib, u yerdan mobil telefonni olib ko‘rsatgan. Pullar qayerga yashiringani so‘ralganida, yigit ularni olmaganini aytgan.

Politsiya bu ishga aralashgani haqida aniq ma'lumot taqdim etilmagan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea Olma-otadagi masjidlardan birida sodir bo‘lgan. 

Bu Qozog‘istondagi yuz berayotgan birinchi holat emas, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top