13 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Ulsan shahridagi harbiy bazada bo‘lgan portlash oqibatida 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Ryonxap” xabar bermoqda.
Hozircha portlash sabablariga oydinlik kiritilmagan. Yaradorlarning barchasi, ularning aksari kuyish jarohatini olgan, shifoxonaga olib borilgan.
Agentlikning ma'lum qilishicha, voqea vaqtida hech qanday harbiy mashg‘ulot o‘tkazilmayotgan bo‘lgan. Harbiylar hozircha rasmiy bayonot bilan chiqishmagan.








