18:23 / 14.12.2016
7670

Ilk iPod 200 ming dollarga taklif etilmoqda

Biz aksariyat hollarda “nodir narsa” deb ko‘proq o‘tgan asr boshi yoki o‘rtalaridagi buyumlarni nazarda tutamiz. Biroq endilikda zamon tezlik bilan rivojlanib bormoqda va ushbu asrning gadjyetlari ham “nodir buyumlarga” aylanib bo‘ldi. Ilk gadjyetlarning narxi esa osmon baravar oshib ketdi: masalan, 2001 yildagi iPod Classic eBay’da 200 ming AQSh dollariga taklif etilmoqda. Uskuna ilk bora sotuvga chiqqanda esa 499 dollar turgan.

Kolleksiya to‘plovchilar uchun uskuna shunisi bilan qiziqki – u hali-hamon fabrika qadog‘ida turibdi. iPod Classic 5 GB xotiraga ega bo‘lib, bu deyarli mingta kompozitsiyani saqlashga yetadi. Boshqaruv esa maxsus mexanik tugmalar yordamida amalga oshiriladi.

Birinchi iPod Classic oq-qora rangli 2-dyuymga ega ekran bilan jihozlangan. Akkumulyatorlar esa 12 soatga yetadi. Pleyer Mac bilan ishlashi mumkin bo‘lib, FireWire orqali ulanadi.

Suratlarda iPod Classic’ni har tomonlama batafsil ko‘rib chiqish mumkin.

Mavzuga oid
Top