Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonni rivojlantirishning 5 yo‘nalishi ma'lum qilindi
Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston hukumati mamlakatning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmoqda va mazkur loyiha muhokamaga taqdim etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida ma'lum qilgan.
«Biz O‘zbekistonning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdik va mazkur loyiha umumxalq muhokamasiga taqdim etiladi», — deya prezident so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, dasturdan 5 asosiy yo‘nalish: davlat boshqaruvi va sud-huquq tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohadagi islohotlar va tashqi siyosat tamoyillari o‘rin oladi.
«Biz Vazirlar Mahkamasining ijro tizimiga jiddiy o‘zgarishlar kiritish orqali uni maqbullashtiramiz, jamiyat manfaatlariga javob beradigan tizimga aylantiramiz», — deya ta'kidlagan Prezident.
Mavzuga oid
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
13:47 / 31.12.2025
Har yili 500 nafar iqtidorli yoshlar xorijdagi nufuzli oliygohlarga yuboriladi
11:18 / 31.12.2025
Profilaktika kuchaytiriladi: yuqumli bo‘lmagan kasalliklar erta aniqlanadi
11:14 / 31.12.2025