10:39 / 14.12.2016
4395

Windows 10’ni yangilash kompyuterlarning internetdan uzilishiga olib keldi

Foto: Reuters

Foydalanuvchilar Windows 10’ni yangilash jarayonidan so‘ng o‘z kompyuterlarida internet o‘chib qolayotgani haqida ma'lum qilishdi, deb xabar berdi BBC News.

Yevropaning bir necha provayderlari ma'lumotiga ko‘ra, kompyuterlar routerlarning IP-manzillashtirilishi sabab tarmoqqa kira olmayapti. Bu esa yangi dasturiy ta'minot tufayli yuz bergan. Ta'kidlanishicha, xato istalgan modeldagi kompyuter va yo‘naltirgichlarda kelib chiqmoqda.

Microsoft’da ta'kidlanishicha, muammo haqida xabar topishgan va foydalanuvchilarga uskunalarni qayta ishga tushirib ko‘rish hamda korporatsiya saytiga kirishni tavsiya etishgan.
 

Mavzuga oid
Top