13:42 / 15.12.2016
4475

Pekinda havoning ifloslanishi sabab xavfning yuqori darajasi e'lon qilindi

Foto: © Fotolia

Pekin ma'muriyati 15 dekabr kuni havo sifatining keskin yomonlashgani munosabati bilan xavfning “qizil” darajasini e'lon qildi. Bu haqda Pekin atrof-muhit departamenti ma'lum qilmoqda.

Ma'lumotga ko‘ra, mazkur rejim 16 dekabrning 20:00dan 21 dekabrining 24:00gacha davom etadi.

Meteorologlarning ma'lumotiga ko‘ra, 16-21 dekabr kunlari Pekin, Tyantszine shaharlarida, Xebey, Xenan va Shandun provinsiyalarida havo ifloslanishining yuqori darajasi kuzatiladi. 21 dekabrdan so‘ng havo darajasi yaxshilanib borishi kutilmoqda.

 

Top