Nodir tangalarni yig‘ish – numizmatika – hozir butun dunyodagi eng ommabop mashg‘ulotga aylangan. Oddiy kishilar qanday tangalar juda ham qimmat narxda baholanishini bilmasliklari mumkin, biroq professionallar bu borada butunboshli ekspeditsiyalar tashkil qilib, tinmay qidirish ishlari bilan mashg‘ul bo‘lishadi.
Tanganing qiymati esa bir necha jihatga bog‘liq – yoshi, tarixiy qiymati, noyobligi va boshqalar. Quyida dunyodagi eng qimmat va kamyob tangalar ro‘yxatini taqdim etamiz.
Hoshimiylar dinori

Chiqarilgan yili: 1944
Nominal qiymati: 1 dinor
So‘nggi baho: 1 000 000 dollar
Saudiya Arabiston zarbxonasi bu dinorni xalifa Umar bin Abdul Azizning mashhur ziyoratiga bag‘ishlab chiqargan. Bunga qadar u Arabiston yarim orolida chiqarilgan eng qimmat tanga, deya hisoblab kelinardi. Shuningdek, Saudiya Arabistonida tanga sharafiga butunboshli qishloq nomi ham qo‘yilgan.
Sen-Goden ikki boshli burguti

Chiqarilgan yili: 1907
Nominal qiymati: 20 dollar
So‘nggi baho: 3 000 000 dollar
Ikki boshli burgut dizayni taniqli haykaltarosh Avgust Sen-Goden tomonidan 1907 yilda ishlab chiqilgan. Juda ham murakkab suratni qayta chiqarish ancha mushkul edi: ustalar talabga javob beruvchi atigi 20 nusxani tayyorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Keyinroq loyiha bir necha bor o‘zgartirildi, tanga esa 1933 yil oxiriga qadar chiqarilgan. 1907 yilning ikki nusxasi ayni kunda Smitson muzeyida saqlanadi. O‘sha yilga tegishli yana bir tanga esa kimoshdi savdolarda 3 000 000 dollarga sotilgan.
Kumush dollar



















