08:05 / 18.12.2016
10984

«Bunyodkor»da yevropalik yangi futbolchi paydo bo‘lishi mumkin

Toshkentning «Bunyodkor» klubida yangi legioner paydo bo‘lishi mumkin, deya xabar bermoqda Sports.uz.

Manbaga ko‘ra, bu yilgi mavsumni «Buxoro» klubi safida tamomlagan moldavalik legioner Vadim Chemirtan keyingi mavsumni toshkentliklar safida boshlashi mumkin. Hozircha transfer borasida boshqa ma'lumotlar berilmagan. 

Ma'lumot uchun, Vadim Chemirtan «Buxoro» safiga davralar oralig‘ida qo‘shilgandi. 29 yoshli hujumchi 13 uchrashuvda maydonga tushib, 9 golga mualliflik qilgan.

Top