01:04 / 18.12.2016
10861

Povetkin fransiyalik raqibini nokaut bilan yutdi

Foto: © RIA

Rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkin va fransiyalik bokschi Yoann Dyuop o‘rtasidagi jang rossiyalikning 6-raunddagi nokaut bilan erishilgan g‘alabasi bilan yakunlandi.

WBC’ning vatqinchalik chempioni uchun jangda Povetkinning raqibi kanadalik Bermeyn Stivern bo‘lishi kerak edi, biroq rossiyalikning doping-namunasida taqiqlangan ostarin vositasi aniqlangandan keyin jang bekor qilingan.

Stivern bilan jang bekor qilingandan keyin, Povetkin baribir ringga ko‘tarilib, Dyuop bilan jang qilishi ma'lum bo‘lgan. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Vitaliy Mutko Povetkin va uning jamoasidan doping aniqlanishi bilan bog‘liq vaziyatga tushuntirish berishni so‘ragan.

Mavzuga oid
Top