10:09 / 18.12.2016
7278

Vitaliy Denisov RFPL ramziy terma jamoasiga kiritildi

O‘zbekiston terma jamoasi hamda Moskvaning “Lokomotiv” futbol klubi himoyachisi Vitaliy Denisov “Sport-Ekspress” nashrining talqiniga ko‘ra, Rossiya futbol Premer-ligasi birinchi davrasi ramziy terma jamoasiga kiritildi.

29 yoshli futbolchi har bir uchrashuvda o‘rtacha 6,03 baho bilan Rossiya chempionatining eng yaxshi chap qanot himoyachisi bo‘lgan.

Joriy mavsumda Vitaliy Denisov “Lokomotiv” tarkibida 15ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta sariq kartochka ishlab olgan.

Ma'lumot uchun, o‘zbekistonlik himoyachi 2013 yili “Lokomotiv” tarkibiga qo‘shilgan. Shu vaqtgacha u “temiryo‘lchilar” libosida 118 o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Vitaliy Denisov O‘zbekiston terma jamoasi safida 63 o‘yin o‘tkazgan.

Mavzuga oid
Top