19:55 / 19.12.2016
5796

BMT Xavfsizlik Kengashi Halabda kuzatuvchilarni joylashtirish bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi

Foto: EPA

BMT Xavfsizlik Kengashi dushanba kuni Halabda xalqaro kuzatuvchilarni joylashtirishni nazarda tutuvchi rezolyutsiyani qabul qildi. U Suriyaning ushbu shahri sharqiy qismidan tinch aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish jarayonini o‘zaro muvofiqlashtirishga mo‘ljallangan. Hujjat Xavfsizlik Kengashining barcha 15 a'zo-davlati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Rezolyutsiya matnida ta'kidlanishicha, Suriyadagi barcha tomonlar kuzatuvchilarga vaziyatni monitoring qilish uchun xavfsiz va hech qanday moneliksiz yo‘l ochib berishlari kerak. Shuningdek, Halabning jabrlangan tumanlariga gumanitar yordamni yetkazib berish bo‘yicha barcha kerakli sharoitlar yaratish ham nazarda tutilgan. Shu bilan bir qatorda “Suriya Arab Respublikasining suvereniteti, ozodligi va hududiy yaxlitligi”ga amal qilish kerakligi ta'kidlandi.

Top