17:40 / 19.12.2016
5369

«Everton» – «Liverpul»: O‘yindan oldin

APLning 17-turini Mersisayd derbisi yopib beradi.

Bugun APLning navbatdagi turida «Everton» va «Liverpul» jamoalari o‘zaro uchrashadi. Bu jamoalarning 227-marta uchrashishi bo‘ladi. Ikki jamoa ham hafta o‘rtasida o‘tkazilgan tur o‘yinlarida g‘alabalarga erishishgan va bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda yetib kelishgan. «Irislar» jamoasi turnir yetakchilaridan biri «Arsenal»ni yenggan va Ronald Kumanning 5ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasi yakunlangandi.

Joriy mavsumda «Everton» uy uchrashuvlarida yutqazmadi, ammo  «Liverpul» bilan uchrashuvlar statistikasi ko‘ngildagidek emas: 11 uchrashuvdan buyon g‘alaba yo‘q. Jamoa oxirgi o‘zaro uchrashuvlarning 19tasida atigi bitta g‘alabaga erishgan. «Qizillar» bugun ham g‘alaba qozonsa turnir jadvalida «Chelsi»ga yaqinlashib oladi.

«Liverpul» oxirgi 6 o‘yindan 4tasida gol o‘tkazib yubormagan. Derbi arafasida ham jamoa mudofaasida yo‘qotishlar yo‘q. Hujumchi Deniyel Starrij va Emre Jan esa jarohatlar tufayli bugungi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Klopp shuningdek, Filippe Koutino va Denni Ingzni ancha vaqtga yo‘qotgan.

«Everton» derbida Muhamed Beshich, Yannik Bolazi (ikkisi ham tizzasidan jarohatlangan) va Fil Jagelka (disvalifikatsiya) xizmatlaridan foydalana olmaydi.

O‘yindan oldingi fikrlar
Yurgen Klopp: «Gudison Park» qozondek qaynab turishi meni qo‘rqitmayd. Bu futbol. Men shunday muhitni yoqtiraman. Bunday raqib biz o‘z o‘yinimizni rang-barang qilishga majburlaydi xolos. Biz nimaga qodir bo‘lsak, shuni namoyon etishimiz kerak.

O‘ta hujumkor o‘ynashimiz kerak, ammo chegaradan chiqmaslik ham kerak. Kuchni teng taqsimlashga harakat qilamiz. Biz tribunalarda muxlislarimiz bizni qo‘llab-quvvatlab qo‘shiq kuylab turishini istaymiz. Ularning shovqin solishi bizga kuch beradi».

Ronald Kuman: «Esimda, o‘tgan mavsumda «Sauthempton» murabbiyi ekanimda «Liverpul» bilan o‘ynagandik. Biz 0:2 hisobida ortda qola turib, yakunda o‘yinni 3:2 hisobida o‘z foydamizga o‘zgartira olgandik. Bunday o‘yinlar hamisha muhim. Men futbolchi ekanimda niderlandcha derbilarda ishtirok etganman».

Raqamlar gapirganda

– Premer-ligadagi hech bir qarama-qarshilikda bu derbi bahslaridagi kabi ko‘p qizil kartochka ko‘rsatilmagan(21). 11ta qizil kartochka «Gudison Park»dagi o‘yinlarda ko‘rsatilagn va bu rekord natija.

– «Liverpul» «Everton»ga Angliya chempionati doirasida 11 uchrashuvdirki mag‘lub bo‘lmayapti (4 g‘alaba, 7 durang). Oxirgi marta «qizillar» derbida shu kabi seriyani 1979 yilning martidan 1984 yil martigacha davom ettirishgan.

– «Everton» oxirgi 19 derbidan (APL doirasida) faqat bittasida g‘alabaga erishgan. Bu 2010 yil oktabrida «Gudison Park» o‘yingohida ro‘y bergandi.

– Deniyel Starrij APL doirasida «Everton»ga qarshi oxirgi 5 o‘yinda 4ta gol urgan.

– Romelu Lukaku APL doirasida «Liverpul»ga qarshi kechgan oxirgi 8 uchrashuvda 5ta gol urgan.

– Mersisayd derbisi dushanba kuni bo‘lib o‘tishi APL tarixida oltinchi marta ro‘y bergan. Dushanba kungi derbilarning 3tasida «Everton» g‘alaba qozongan, bittasida yutqazgan va 2 durang qayd etilgan.

– Romelu Lukaku (9 gol + 3 assistentlik) va Adam Lallana (6+6) o‘z jamoalarining bu derbilarda 12tadan golida ishtirok etgan futbolchilar bo‘lib turibdi.

– Divok Oriji ayni vaqtda «Liverpul»ning oxirgi 5ta uchrashuvida gol urgan yagona futbolchisidir. Bunday uzun samarali seriya «qizillar» jamoasida 2014 yilning fevralidan buyon kuzatilmadi, o‘shanda Deniyel Starrij jamoaning ketma-ket 8 uchrashuvida gol urgandi.

O‘yindagi qora libosli kishilar

Mersisaydda Mayk Din boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishlaydi. Bu mavsumda bu hakam 15 uchrashuvni boshqardi va 63ta sariq kartochka ko‘rsatdi, 3 marta qizil rangdagi kartochkani cho‘ntagidan oldi va 9 marta penalti belgiladi.

Dinga qanotlarda Adrian Xolms va Saymon Long yordam beradi. Zaxira hakami Li Meyson.

Taxminiy tarkiblar
«Everton»

«Liverpul»

Mavzuga oid
Top