Namanganning «Navbahor» klubi vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajarib kelgan Ilhom Mo‘minjonov bilan 2 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Sports.uz xabar qilgan.
Mo‘minjonov ortda qolgan mavsum oxirlarida Namanganga kelgandi.
Ilhom Mo‘minjonov «Navbahor»ga Odil Ahmedovning taklifiga binoan kelgani haqida aytgandi. U o‘tish o‘yinida «Norin»ni mag‘lub etib jamoani Oliy Ligada olib qolishga erishdi.