Sport | 09:15 / 19.12.2016
4516
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda shaxmat bo‘yicha superturnir yakunlandi

Foto: © EPA

Amerikalik grossmeyster Uesli So Londonda bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Grand Chess Tour turkumidagi superturnirda g‘alaba qozondi.

So so‘nggi, to‘qqizinchi turda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan durang natijani qayd etdi. Shuningdek, Xikaru Nakamura (AQSh) - Maykl Adams (Angliya), Vladimir Kramnik (Rossiya) - Vishvanatan Anand (Hindiston), Fabiano Karuana (AQSh) - Anish Giri (Niderlandiya) partiyalari ham g‘olib nomini aniqlab bermagan. Yana bir partiyada esa bolgariyalik Veselin Topalov armanistonlik Levon Aronyanni mag‘lub etdi.

Yakuniy turnir jadvali: So - 6 ochko; Karuana - 5,5; Kramnik, Nakamura, Anand – 5 tadan; Giri - 4,5; Adams, Vashe-Lagrav, Aronyan – 4 tadan; Topalov - 2.
 

Mavzuga oid