16:52 / 20.12.2016
8115

Bunaqasi hali bo‘lmagan - 90 yoshli hajvchidan kutilmagan "ochiq" intervyu

Foto: Google image

90 yoshli hajvchi Jyerri Lyuis juda jiddiy va kamgap inson bo‘lib chiqdi. U The Hollywood Reporter nashrining jurnalisti Endi Lyuisga tayinli javob qaytarmay, yetti daqiqa davomida ochiqchasiga uning ustidan kuldi. 

The Hollywood Reporter hali-hanuz o‘z kasbini davom ettirayotgan 90 yoshdagi 10 mashhur shaxs bilan suhbat  o‘tkazib, maxsus loyiha tayyorlayotgan edi. Biroq Lyuis bilan o‘tkazilgan suhbat kutilganidek chiqmadi. 

"Intervyu Jyerri Lyuisning gastrol safarlari orasidagi dam olish kunlariga belgilangandi. Uning kayfiyati yo‘q edi. Men Lyuisning murakkab xarakterli inson ekanligi haqida eshitgandim", - deydi jurnalist. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, hajvchiga nashr tomonidan olingan fotosessiya ham yoqmagan. 

O‘tgan og‘ir yetti daqiqa ichida Lyuis biror marta tabassum ham qilmagan, faqat bir martagina istehzoli kulib qo‘ygan, xolos. 

Top