15:53 / 20.12.2016
26327

Yangi Pinngle messenjeri

Haqiqiy holat: 
Do‘stlarimiz, qarindoshlarimiz va yaqinlarimiz butun dunyo bo‘ylab tarqalgan. Biz esa ular bilan aloqani uzishni istamaymiz. Endilikda pochtaga keluvchi xatlar va messenjerlar orqali olinadigan matnli xabarlar kamlik qilmoqda – bir-birimizdan uzoqda bo‘lishimizga qaramay, biz KO‘RIShNI VA EShITIShNI istaymiz. Lekin! Ko‘pchiligimizda internet sekin ishlaydi, audio va videoqo‘ng‘iroqlarni amalga oshirganda esa, u orqali olinadigan tasvirlar yoki ovozlar sifati haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Xo‘sh, nima qilish mumkin? 

Yomon sifatli internetga moslashtirilgan messenjer yaratildi. Uning mualliflari odamlarning internet bilan bog‘liq hayotidagi zaif joylar va muammolarni aniqlab, real vaziyatga moslasha oladigan mahsulotni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa, Pinngle dunyoga keldi – u hatto sekin ishlaydigan internetda ham messenjer funksiyalarini a'lo darajada uddalaydi.

Bilamiz: 
Smartfoningizda uzoqdagi yaqinlaringiz bilan aloqa qilish uchun doim foydalanadigan ikki-uchta ilova bor. Sizga bir eksperimentni taklif etamiz: ularga Pinngle bepul messenjerini qo‘shing. Tanishlaringiz va yaqinlaringizga, ayniqsa, sizdan uzoqda yashaydigan va butun dunyoga tanish messenjerlar uzluksiz ishlab turadigan yuqori tezlikdagi internetga ega kishilarga Pinngle haqida so‘zlab bering. Ammo ular O‘zbekistondagi kontaktni tergandan so‘ng xafsalasi pir bo‘lib, “telefon simi”ning u tomonidagi kishilarning ham kayfiyatini tushiradi. 
Pinngle boshqa messenjerlar ishlamaydigan joyda ham ishlaydi! 

Pinngle’ning ushbu xususiyati ayniqsa yangi yil kechasida dolzarblik kasb etadi. Bayram kuni barcha aloqa kanallari o‘z yaqinlari va do‘stlarini tabriklamoqchi bo‘lgan kishilarga to‘lib ketadi. Shu bois, Pinngle messenjeriga ega kishilardan farqli o‘laroq, bayram tabrigini hamma ham yetkaza olmasligi mumkin. Buning ustiga Pinngle internetingizni tejaydi – past trafik rejimi yoqilganida internet iste'moli aloqa sifatini yo‘qotmagan holda minimumgacha pasayadi.

Pinngle messenjerining afzalliklari: 
• Oson:
Oddiy ro‘yxatdan o‘tish jarayoni, hatto texnik jihatdan uncha bilimi bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun qulay va sodda funksional. Pinngle’ga qo‘shilgan holda telefoningizdagi yoki Telegram messenjeridagi bevosita kontaktlaringiz orasidan abonentlarni taklif qilishingiz mumkin. 
• Tejamli: ushbu ilova telefoningizning quvvatini tejaydi, u (messenjer analoglari bilan taqqoslaganda) 1.5 baravar ko‘proq ishlaydigan bo‘ladi. Bundan tashqari, siz past trafik rejimini yoqishingiz mumkin, bunda internet iste'moli aloqa sifatini yo‘qotmagan holda minimumgacha yetkaziladi. 
• Xavfsiz: Pinngle messenjerida xavfsizlikning yuqori darajasi ko‘zda tutilgan, verifikatsiya telefon raqamingizga keladigan SMS yoki audioqo‘ng‘iroq orqali amalga oshiriladi. 
• Maxfiy: Siz sozlanmalardan foydalanishingiz hamda o‘z maqomingiz va xabarlar maqomini boshqarishingiz, blokirovka qilingan kontaktlarning qora ro‘yxatini yaratishingiz, Pinngle’ga qo‘shilgan yangi foydalanuvchilar haqida bildirgilar olishingiz mumkin. 
• Qulay: bir vaqtning o‘zida bir nechta messenjerni ishlatuvchi foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, Pinngle bilan ishlaganda apparat qizib ketmaydi. Buning ustiga Pinngle’da chapaqay foydalanuvchilarga qulay bo‘lishi uchun klaviatura tugmachalarini almashtirish funksiyasi ham bor.
• Uzluksiz: Pinngle messenjerining oxirgi versiyasi jiddiy testdan o‘tkazildi, buning natijasida ilova bilan ishlashda hech qanday muammo aniqlanmadi.
• Universal: ilova messenjerning barcha imkoniyatlarini taqdim etadi: bepul chat, Pinngle foydalanuvchilari orasida xabarlar, fotosuratlar, fayllar, joylashuvlar va boshqa ma'lumotlar bilan tezkor almashuv 

Apple iPhone, iPad va Android qurilmalari uchun Google Play yoki AppStore’dan messenjerni yuklab olish 

Pinngle haqidagi batafsil ma'lumothttp://promo.pinngle.me/uz.html sahifasida

Pinngle bilan doim aloqada qoling!

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top