08:03 / 20.12.2016
3714

Bonuchchi "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi

Foto: Google image

"Yuventus" klubi himoyachisi Leonardo Bonuchchi jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot-xizmati xabar berdi. 

29 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2021 yilga qadar belgilangan. Futbolchining avvalgi shartnomasi muddati 2019/20 yilning so‘nggida o‘z kuchini yo‘qotar edi. 

Bonuchchi turinliklar tarkibida 2010 yildan beri to‘p suradi. Ushbu muddat ichida futbolchi 291ta uchrashuvda maydonga tushib, 19ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Top