08:28 / 20.12.2016
6507

«Manchester Siti» «Barselona» qiziqayotgan futbolchini ilib ketmoqchi

Foto: Google image

Ukrainaning «Shaxtyor» klubi himoyachisi Dario Srnaga qiziqish bildirgan jamoa soni yana bittaga ko‘paydi.

Mundo Deportivo nashri bergan xabarga ko‘ra, «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 34 yosh bo‘lishiga qaramasdan Srnani o‘z jamoasi safida ko‘rishni istamoqda. Pep «Barselona» va «Bavariya»ni boshqargan davrlarida Srna bilan shartnoma tuzishni uddalay olmagandi. Biroq hozir ham bu fikrdan voz kechishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, Srnaga «Barselona» ham xaridor bo‘lmoqda. Yanvarda futbolchi kataloniyaliklar safiga ketishni istasa, «Shaxtyor» uni tekinga qo‘yib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid
Top