12:01 / 20.12.2016
12968

Rossiya Turkiyaga tergov guruhi jo‘natdi

Rossiya Turkiyaga o‘z elchisi Andrey Karlovning qotilligi hodisasini tekshirish bilan shug‘ullanuvchi tergov guruhi yo‘lladi. Bu haqda Rossiya va Turkiya rahbarlari o‘zaro telefon muloqoti chog‘ida gaplashib olishgan.

"Turkiyadagi hodisani Rossiya maxsus xizmatlari tekshiradi", degan Peskov.

Qayd etilishicha, Turkiyaga yo‘l olgan guruh tarkibida shifokorlar va ruhshunoslar bor.

Eslatib o‘tamiz, Anqaradagi Zamonaviy san'atlar markazida rasm ko‘rgazmasi ochilish marosimida Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovga suiqasd uyushtirildi.

Mavzuga oid
Top