Özbekistonning Samarqand viloyatida quyoş elektr stansiyasini barpo etiş böyiça tenderda Xitoyning Zhuhai Singes Green Building Technology kompaniyasi ğolib deb topildi. Uşbu kompaniya Markaziy Osiyodagi birinçi muqobil energiya stansiyasini qurib beradi. Bu haqda, “Özbekenergo” AJ matbuot xizmati xabar qilgan. 

“Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 iyundagi “Samarqand viloyatida quvvati 100MVt bölgan quyoş fotoelektr stansiyasini quriş” investitsion loyihasini amalga oşiriş böyiça çora tadbirlar töğrisida”gi 2183-sonli qarori ijrosi doirasida va idoralararo tender kengaşining 2016 yil 27 oktabrdagi qaroriga binoan Samarqand viloyatida qurilayotgan 100MVtli quyoş fotoelektr stansiyasini loyihalaştiriş, quriş va ekspluatatsiya qiliş böyiça asosiy pudratçi deb “Zhuhai Singes Green Building Technology Co., Ltd” kompaniyasi belgilandi”, - deyiladi xabarda.

Uşbu tender 2014 yil oktabr oyida e'lon qilingan edi. Uni qurib, foydalanişga topşiriş uçun 2 yil vaqt talab etilişi mumkin. Loyihani amalga oşiriş böyiça konsalting xizmatini Germaniyaning GOPA International Energy Consultant, Suntrace va Renewables Academy firmalari körsatadi. 

“Özbekenergo” ma'lumotlariga köra, mintaqadagi birinçi şunday elektrstansiya yiliga 200 million kVt*soat elektr energiyasi işlab çiqarişi kerak. 275,8 mln AQŞ dollari miqdoridagi loyiha Osiyo taraqqiyot banki va Özbekiston rekonstruksiya va rivojlaniş fondining 110 mln dollarlik kreditlari hamda “Özbekenergo”ning 55,8 mln dollar miqdoridagi öz mablaği hisobidan moliyalaştiriladi. 

Umuman, 2020 yilgaça Özbekistonda uçta quyoş elektr stansiyasi barpo etilişi kerak. Ularning jami quvvati 300 MVtni taşkil etadi. Samarqanddan taşqari, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida ham şu kabi stansiyalar quriladi.