Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylardan birining yerto‘lasiga ilonlar in qurgani ma'lum bo‘ldi
Toshkent shahri Yashnobod tumani Fazogir mahallasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqaro Ozoda Diyorovaning uyidan ikki bora ilon chiqdi. 1news.uz’ning “Hurriyat” nashriga asosan yozishicha, norasida farzandini katta qilayotgan ayol hojatxonadan chiqqan ilonlarni o‘ldirishga muvaffaq bo‘lgan. Xavfli jonivorlar ko‘p qavatli uyning suv bosgan yerto‘lasiga in qurgani aytilmoqda.
Xabarda “Yerto‘laga kirarkanmiz, bir qarashdayoq muammoning mohiyatini angladik. Hammayoq zaxlab ketgan. Uzun va qorong‘i yo‘laklardan yurarkanmiz, axlatu balchiqqa duch kelamiz… Bunday ahvolni ko‘rib, bu manzilga hademay timsohlar ham “tashrif buyursa” ajab emas degan fikrga keldik!” deya gazeta so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.
Shuningdek, o‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uyning isitish tizimi ham yaxshi ishlamasligi aniqlangani aytilgan.
Mavzuga oid
12:13
“Judayam chang, nafas olib bo‘lmaydi” – Toshkentda yo‘lovchilar iflos avtobusda tashilmoqda
11:02
Toshkentda hind tilidagi reklama noqonuniy o‘rnatilgani aniqlandi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026