11:25 / 20.12.2016
7341

Tramp AQSh prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ham g‘alaba qozonganini e'lon qildi

Foto: © RIA Novosti

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp Saylovchilar hay'atining ovoz berish jarayoni yakunlarini demokratiya tantanasi deb atadi. Shu bilan uning prezidentlik poygasidagi g‘alabasi rasman mustahkamlandi. 

"Bugun biz mamlakatimizdagi demokratiyaning tarixiy g‘alabasii nishonlayapmiz … Men mamlakatimizni birlashtirish va barcha amerikaliklarning prezidenti bo‘lish uchun qattiq mehnat qilaman. Biz birgalikda Amerikani yana buyuk davlat qila olamiz", — deyiladi Tramp bayonotida. 

U Saylovchilar hay'atining 304 ovoziga ega bo‘lgan. Qonun bo‘yicha 270ta ovozni to‘plagan nomzod davlat rahbarligiga saylanadi. Trampning saylovdagi asosiy raqibi demokrat Hillari Klinton 224 ovoz olgan. 

Top