Korxonada, shuningdek, ISUZU F yoki MAN 18/280 shassisi negizida ko‘cha yuvadigan universal transport vositalarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 1,5 mln dollarlik loyiha 2017 yil sentabrida ishga tushiriladi. Bu turdagi mashinalardan yiliga 20 dona yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, bu yerda ISUZU va MAN shassisi negizida 8 kub metrli avtogudronatorlar hamda MAN shassisi negizida kislota tashiladigan avtosisternalar ham ishlab chiqiladi. 150 ming dollarlik loyiha 2018 yil sentabrida ishga tushadi.











