18:39 / 21.12.2016
6560

«Barselona» prezidenti «Real»ga qo‘llanilgan yumshoqlikdan nolidi

«Barselona» prezidenti Jozep Bartomeu Sport arbitraj sudining (CAS) «Real»ga FIFA tomonidan qo‘yilgan taqiqni yumshatilishi haqidagi qaror chiqarganidan hayratda ekanini yashirmadi.

2014 yili FIFA «Barselona»ga ham xuddi shunday jazoni qo‘llagan, ammo CAS uni o‘z kuchida qoldirgandi.

«Barselona» va «Real»ning advokatlari bir xil edi, ammo negadir faqat madridliklarning jazosi yumshatildi. Shu bois men bu holat bo‘yicha tushuntirish talab qilaman. «Real» va «Atletiko» klublari ishi bo‘yicha batafsil ma'lumotga ega emasman, biroq, huquqshunoslarimiz bilan maslahatlashsam bu borada ham muammo bo‘lmaydi, axir bu ishlar bir-biriga o‘xshash. 

Bu yuridik noaniqlikni tugatish kerak. Agentlar va barcha futbolchilar bir vaqtning o‘zida shuncha xatoga yo‘l qo‘yishiga shubham bor. Futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qoidalar yaxshi yozilmagan, natijada futbolchilar jabrlanmoqda. Reglamenti har xil natija beradigan qoidalardan foydalanish shunday oqibatlarga olib kelmoqda» - deya Bartomeuning so‘zlarini keltiradi Marca.

Top