Dushanbe-Toshkent aviareysi yo‘lovchilari vizalarni aeroportlarda olishi mumkin
Shu yilning 26 dekabrida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda komissiya hamraislari O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Rustam Azimov va Tojikiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Davlatali Said rahbarligidagi delegatsiyalar muzokaralar olib boradi, deb xabar qilmoqda news.tj sayti.
Dushanbe uchrashuvida, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida 2000 yil sentabridan joriy qilingan viza tartibini yumshatish masalasini ham muhokama qilishlari mumkin. Shu bilan birga, kelasi yil boshidan yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan Dushanbe-Toshkent-Dushanbe aviaqatnovlari yo‘lovchilariga vizalarni bevosita aeroportlarning o‘zida taqdim etish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Shu kabi yengilliklarni nazarda tutuvchi kelishuv hukumatlararo komissiya yig‘ilishi so‘nggida imzolanishi kutilmoqda, deya ma'lum qilgan «AP» agentligining Tojikiston hukumatidagi manbasi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv imzolanishidan keyin, ikki davlat poytaxtlari o‘rtasidagi aviaqatnovlar muddati va aviachiptalar narxiga ham oydinlik kiritiladi.
Dushanbe va Toshkent shaharlari o‘rtasidagi aviaparvozlar 1992 yilda, Tojikistonda fuqarolik urushi boshlanganidan so‘ng, to‘xtatilgan edi.
Bundan tashqari, komissiya majlisida, ikki davlat o‘rtasida temir yo‘l va avtobus qatnovini ham tiklash masalasi ko‘rib chiqilishi mumkin. Qayd etilishicha, Toshkent kelasi yil boshida Dushanbe shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning ulkan ko‘rgazmasini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Ko‘rgazma yakunida, o‘zbek-tojik ishbilarmon doiralarining birinchi biznes-forumini ham o‘tkazish belgilangan.
Mavzuga oid
16:35 / 23.12.2024
1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent metropoliteni ish jadvali 2 soatga uzaytiriladi
18:02 / 21.12.2024
Faoliyatda qonun buzilishi, sertifikatsiz o‘qituvchilar va norozi ota-onalar – “NEWTON ACADEMY” o‘quv markazi haqida nimalar ma’lum?
18:36 / 20.12.2024
Toshkentdagi elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini demontaj qilish buyurildi
10:19 / 20.12.2024