19:54 / 21.12.2016
26362

Oq o‘rda tarixiy lahzalar aks etgan videoni taqdim etdi

Nursulton Nazarboyev va sobiq SSSR tarkibiga kiruvchi 11 mustaqil davlat rahbarlari ishtirokidagi arxiv videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Video Oq o‘rdaning Facebook'dagi rasmiy sahifasida taqdim etildi. 

1991 yilning 21 dekabrida Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan Olmaota shahrida sobiq SSSR davlatlari rahbarlari uchrashishdi. 

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) tuzishga doir protokol, Olmaota deklaratsiyasi, MDH  muvofiqlashtiruvchi institutlar haqidagi bitim, mustaqil davlatlar rahbarlari kelishuviga oid protokol, MDH davlat rahbarlari kengashi qarori imzolangan.

 

Mavzuga oid
Top