2016 yilning eng g‘aroyib fotosuratlari

Nyu-Yorkning qorga burkangan ko‘chalaridan Xitoy va Uirralning sokin dengiz manzaralarigacha – bularning barchasi Travel Photographer of the Year mukofotining 2016 yilgi g‘oliblari fotosuratlari. Ular 2017 yilning 18 may – 30 iyun kunlari davomida Hull UK City of Culture ko‘rgazmasida namoyish etiladi.
Joel Santos, Portugaliya. G‘olib, «Trevel-fotosuratchi 2016» nominatsiyasi
Ko‘ldagi baliqchi. Bosumtvi, Ashanti, Gana. An'analarga ko‘ra, baliq ovlash uchun faqatgina yog‘ochli «padaus» tayoqlari ishlatilishi lozim: ularning qadimiy avlodlari aynan shu usul bilan baliq ovlashgan.
Joel Santos, Portugaliya. G‘olib, «Trevel-fotosuratchi 2016» nominatsiyasi
Ushbu surat osmondan olingan bo‘lib, Erta Ale vulqoni ichini aniq ko‘rsatib bergan. Vulqon esa mahalliy afar tilida «Chekuvchi tog‘» ma'nosini berib, u Efiopiyadagi Danakil sahrosida joylashgan.
Ankit Umar, Hindiston. G‘olib, «Yosh trevel-fotosuratchi (14 va undan kichik yoshdagi)» nominatsiyasi
Tanzaniyadagi qizil g‘ozlar bo‘lgan Natron ko‘li ortidagi Lengai tog‘i cho‘qqisi.
Maykl Palatstso, Italiya. G‘olib, «Shaharlar: arxitektura va makon» nominatsiyasi
«Jonas qorli po‘rtanasi vaqtidagi sayr davomida Nyu-Yorkdagi Fletayron-bilding binosini kuchli bo‘ron fonida suratga olishga muvaffaq bo‘ldim».
Biran Chao, Xitoy. G‘olib, «Shakl beruvchi yorug‘lik» nominatsiyasi
Xitoyning Sechuan viloyatidagi Guansi shahri yaqinida joylashgan Beyu tog‘i har kuni rohiblar tomonidan aylanib o‘tiladi.
Elison Kexill, Buyuk Britaniya. G‘olib, «Yangi iste'dodlar» nominatsiyasi
Fitri mijozi bilan Son & Dad sartaroshxonasida «Ko‘z-ko‘zga tushgan holatda» ishlaydi. Jorjtaun, Penang, Malayziya.
Kreyg Iston, Buyuk Britaniya. G‘olib, «Yer, dengiz, osmon» portfoliosi
Sokin qishki kun va Uest Kirbi Marin ko‘li qirg‘oqlari bo‘ylab aylanib yurgan piyodalar. Uirral, Buyuk Britaniya.
Kreyg Iston, Buyuk Britaniya. «Insoniylik» maxsus mukofoti
Kensi xonim Kensi oilasining kichik sirkida popkorn sotmoqda. Monpaze, Dordon, Fransiya.
Jyeremi Vudxaus, Buyuk Britaniya. «Shakl beruvchi yorug‘lik» nominatsiyasi
Kubaning Vinyalesidagi bu qandolatchi tortni tayyorlayotganida quyosh nurlari eshikdan mo‘raladi. U devorga soyaga tashlagan.
Syu O'Konnell, Buyuk Britaniya. «Insoniylik» maxsus mukofoti
Bu saddxular hindularning Kumbza-meladagi ibodatxonasiga kelish uchun ehtimol uzoq yo‘lni bosib o‘tishgan. Xaridvar, Hindiston shimoli.
Marsel van Ostin, Niderlandiya. «Insoniylik» maxsus mukofoti
Ferma ishchisi dengiz qisqichbaqasini tutish uchun qo‘yilgan qarmoqlarni tekshirmoqda. Futszyan, Xitoy.
Sergey Pesterev, Rossiya. «Yer, dengiz, osmon» portfoliosiga maxsus mukofot
Rossiyadagi Baykal ko‘lida tong otishi. Oldingi qismda yirik muz qatlamlari
Timoti Allen, Buyuk Britaniya. Ikkinchi o‘rin, «Sayohat va sarguzashtlar» portfoliosi
Ziyoratga ketayotgan karvonlar kun botishida. Al Rosio, Andalusiya, Ispaniya.
Chjiven Xuan, Xitoy. Maxsus mukofot, «Shaharlar: arxitektura va makon» nominatsiyasi
Qizil oy ko‘prikka ko‘rfaz orqali qarab turibdi. Shenchjen, Xitoy.
Tavsiya etamiz
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 21:23
-
RF mudofaa vazirligi «Pasxa sulhi» yakunlanganini e’lon qildi
Jahon | 21:01
-
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi
Jahon | 20:45
-
WP: Ilon Mask Hukumat samaradorligi departamentini tark etishga tayyorlanmoqda
Jahon | 20:42