11:50 / 22.12.2016
14339

2017 yilda «MYu transferlar uchun katta pul sarflamoqchi: Bir qancha nomlar ma'lum

«Manchester Yunayted» 2017 yildagi ikkita transferlar mavsumi vaqtida  yangi futbolchilarni tarkibga qo‘shib olish uchun 180 mln funt (taxminan 213 mln yevro) sarflashni rejalashtirgan. Bu haqda The Telegraph xabar tarqatdi.

Ingliz klubining keyingi yildagi asosiy nishonlari «Atletiko» hujumchisi Antuan Grizmann, «Benfika» himoyachilari Viktor Lindelof va Nelson Semedu, shuningdek, «Monako» yarim himoyachisi Temua Bakayoko bo‘ladi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Grizmann, Bakayoko va Semeduni «MYu» qishki transferlar vaqtida xarid qilmoqchi, shved himoyachisi Lindelof esa yanvardayoq Manchesterga kelishi kutilmoqda.

Grizmannning transfer narxi 84 million funt, klub Semeduga 25 million, Bakayokoga esa 35 million funt to‘lashi mumkin.

Top