Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bosh vaziri muxolifat tomondan ayblanmoqda
Foto: Reuters
Hindistonning "Hind milliy kongressi" muxolif partiyasi yetakchisi Raxul Gandi Hindiston bosh vaziri Narendra Modini Gujorot shtati vaziri bo‘lganda pora olganlikda ayblamoqda. Bu haqda Times of India nashri yozmoqda.
Gandi Modi Sahara Group kompaniyasidan bir necha marotaba "otkat"lar olganini aytdi. Uning aytishicha, Modining poralar olgani haqidagi yozuvlar Hindiston soliq departamenti ixtiyorida mavjud. Departament Modi tomondan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganini tasdiqlovchi bu hujjatlarni 2014 yilda Sahara Group va Aditya Birla Group kompaniyalarida tekshiruvlar o‘tkazganda qo‘lga kiritgan.
Biroq Gandining aytishicha, ular Modiga nisbatan hech qanday choralar ko‘rishmayapti. Muxolif partiya yetakchisi mustaqil tergov o‘tkazishni talab qilmoqda.
Modi a'zo bo‘lgan Hind milliy partiyasida Gandi saylovlarda yutqazgandan keyin asossiz gaplar aytmoqda, degan fikrga kelingan.
Dekabrda Modi AQShning Time jurnali talqiniga ko‘ra "Yil odami" deb topilgandi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026